Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Normand to‘rtligi” Minsk kelishuvlarining amal qilish muddatini 2016 yilga qadar uzaytirishga qaror qildi
“Normand to‘rtligi” Minsk kelishuvlarining amal qilish muddatini 2016 yilga qadar uzaytirishga qaror qildi. Bunday qarorga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan o‘tkazgan telefon muloqoti yakunlariga ko‘ra kelindi, deb xabar bermoqda TASS agentligi.
Suhbat davomida to‘rtlik davlatlari rahbarlari Ukraina janubi-sharqidagi beqaror vaziyatni muhokama qilib, 2015 yil 12 fevralida imzolangan Minsk kelishuvlarini realizatsiya qilish masalalarini ko‘rib chiqishgan. Ularning amal qilish muddati 2016 yilda ham davom etishi kelishib olingan. Aloqa guruhining hamkorlikdagi faoliyatini davom ettirish zarurligi ta'kidlab o‘tilgan.