Jahon | 07:41 / 30.12.2015
3742
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat departamenti Rossiya Suriyada harbiy operatsiya boshlagandan keyin qurbonlar soni ko‘payganini ma'lum qildi

AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Toner Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyada harbiy operatsiya boshlagandan keyin tinch aholi o‘rtasida qurbonlar soni ancha ko‘payganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

“Biz Rossiyaning bombardimonlari oqibatida tinch aholi o‘rtasida qurbonlar soni ancha ortganini ko‘rmoqdamiz”, deb aytdi Toner.

Tonerning ta'kidlashicha, AQSh bunday xulosaga o‘z ma'lumotlari bilan birga “ishonch bildirsa bo‘ladigan nohukumat tashkilotlari” ma'lumotlari asosida kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish