Jahon | 23:44 / 30.12.2015
3266
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden 23 yanvarda Erdo‘g‘an bilan uchrashadi

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden 2016 yil 23 yanvarda Turkiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Turkiya bosh vaziri ma'muriyatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Bayden Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Ayni paytda ular qaysi mavzuda suhbatlashishlari noma'lum.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish