Jamiyat | 17:32 / 30.12.2015
7017
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayliklarning o‘z Toj-Mahali bo‘ladi

2020 yilgacha Dubayning o‘z Tojmahali paydo bo‘ladi. Bu haqda «Russkiye Emirati» jurnali deya xabar bergan

Xabarda aytilishicha «Toj-Arabiya» nomini oladigan bu sayyohlik majmuasi qurilishi 2016 yilda boshlanadi. Qayd etilishicha, bu majmua Hindistondagi tarixiy yodgorlikning ayni nusxasi bo‘lmaydi.

«Toj-Arabiya» majmuasi uchun Dubailand nomli ko‘ngilochar bog‘ hududidan sakkiz gektar maydon ajratilgan. Majmua 400 xonadan iborat besh yulduzli mehmonxona, 300ta turar-joy apartamenti, do‘konlar, butiklar, 2000 kishi uchun mo‘ljallangan banket zalini o‘z ichiga oladi.

Loyiha mualliflarining umid qilishicha, «Toj-Arabiya» Burj Xalifa bunyod etilgan vaqtdan buyon amirlik tarixidagi eng yirik loyihasi bo‘lish bilan birgalikda, Dubayda «Ekspo-2020» o‘tkazilayotgan vaqtda «sayyohlik Makkasi»ga aylanishi kerak.

Oktyabr oyida Dubayda tom qismida plyaj va o‘rmon bo‘lgan The Rosemont Hotel & Residences nomli osmono‘par bino qurilishi haqida xabar berilgandi. Shu yilning may oyida esa 2017 yilning ikkinchi yarmigacha shaharda faqat quyosh batareyalari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan dunyodagi ilk mehmonxona paydo bo‘lishi haqida xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, Toj-Mahal Hindistondagi eng qadrli obidalardan biri hisoblanadi. Bu majmua 1653 yilda boburiy hukmdor Shohjahon tomonidan rafiqasi, 14 farzandini dunyoga keltirish chog‘ida vafot etgan Mumtoz-Mahal xotirasiga barpo etilgan. 1983 yilda bu obida YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish