Jahon | 11:39 / 30.12.2015
2915
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziya prezidenti TIV rahbari Kvirikashvilini bosh vazir lavozimiga tasdiqladi

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvilini mamlakatning yangi bosh vaziri lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoyishini imzoladi. Bu haqda prezident ma'muriyatiga asoslanib, RIA Novosti agentligi xabar bergan.

Hujjatga 30 dekabr sanasi qo‘yilgan.

Bundan oldinroq, parlamentda o‘tkazilgan muhokamalarda shu vaqtgacha mamlakat Tashqi ishlar vaziri sifatida ishlab kelgan Georgiy Margvelashvili nomzodi ko‘pchilik deputatlar tomonidan (86ga 28 nisbatida) ma'qullangandi.

Uning nomzodiga muxolifdagi Milliy birlik harakati hamda "Ozod demokratlar" partiyasi vakillari qarshi chiqishgan.

Gruziya bosh vaziri iste'foga chiqishga ariza berdi

Gruziya TIV rahbari bosh vazirga aylanadi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish