Jahon | 18:35 / 30.12.2015
3047
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml: Putin va Kerri Suriyadagi saylovlar masalasini muhokama qilishmagan

Rossiya prezidenti matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov Vladimir Putin va AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining uchrashuvi vaqtida Suriyada 2017 yilda xalq saylovlarini o‘tkazishga kelishib olingani haqidagi xabarni inkor etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Bundan oldinroq, nashrlarda Kerri bilan muzokaralar vaqtida shu masala ko‘tarilib, Rossiya prezidenti Asadning saylovda ishtirok etmasligiga rozi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Peskovning ma'lum qilishicha, Putin bu haqda hech kim bilan gaplashmagan. Uning ta'kidlashicha, Suriya taqdirini tashqi kuchlar belgilashi kerak emas.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish