Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» «Real»dan Iskoni sotib olish bo‘yicha muzokara boshladi
«Manchester Siti» jamoasi «Real» jamoasi yarim himoyachisi Iskoni qishki transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Angliyadagi The Mirror va Ispaniyadagi Sport nashrlari xabar tarqatgan.
Ispaniyadagi manbaning yozishicha, inglizlar jamoasi ijrochi direktori Ferran Soriano Madridga kelgan va «Qirollik jamoasi» bilan muzokaralarni boshlagan.
Xabar qilinishicha, inglizlar jamoasi bu futbolchi uchun 40 mln yevro taklif qilishgan. «Manchester Siti» bu futbolchini bu boradagi raqibiga aylanishi mumkin bo‘lgan «PSJ» taklif berishidan oldinroq qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.
Manbaning yozishicha, futbolchining bosh murabbiy Rafael Benites bilan ziddiyati va asosiy tarkibdan joy olmayotgani tufayli bu transfer osongina amalga oshishi mumkin. Shu bilan birgalikda, Benitesning o‘zining «Real»dagi faoliyati davom etishi so‘roq ostida turgani tufayli futbolchi Madridni tark etishga shoshilmayotgani aytilgan.
Ma'lumot uchun, Isko joriy mavsumning 13ta o‘yinida (asosan zaxiradan) maydonga tushdi va bitta gol urib, 3ta golli pas muallifi bo‘ldi. U shuningdek, YeChLdagi barcha 6 uchrashuvda maydonga tushib, 3ta golli pas uzatgan.
Isko o‘zining jamoadagi o‘rnidan norozi. U yozda ketmoqchi