Jamiyat | 11:48 / 30.12.2015
3442
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada qirg‘izistonlikning 7 mln rubl pulini o‘g‘irlashdi

Moskvada 7 mln rubl miqdoridagi pulni o‘g‘irlash hodisasi yuz berdi. Bu haqda Moskva shahri IIBBga asoslanib, "Interfaks" agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, shaharning Denis Devidov ko‘chasi Qirg‘iziston fuqarosiga noma'lum shaxslar hujum qilishgan.

3 nafar niqobli shaxs qirg‘izistonlikning 7 mln rubl pulini olib ketishgan. Jabrlanuvchi uzoq vaqt davomida o‘zini yomon his qilgani uchun politsiyaga vaqtida murojaat qila olmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish