Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Poroshenko, Erdo‘g‘an va Asadga Yangi yil tabrigi yo‘llamadi
Rossiya prezidenti Yangi yil munosabati bilan tabrik yo‘llagan davlat rahbarlari qatorida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Ukraina prezidenti Petro Poroshenko hamda Suriya prezidenti Bashar Asad nomlari yo‘q.
U Barak Obama, Fransua Olland, Angela Merkel, Islom Karimov hamda boshqa ko‘plab davlatlar rahbarlariga o‘z tabriklarini yo‘llagan.
U shuningdek, Avstraliya, Afg‘oniston, Boliviya, Gretsiya, Gruziya, Misr Iroq, Eron, Indoneziya, KXDR, Latviya, Litva, Pokiston, Polsha, Chexiya, Saudiya Arabistoni, Slovakiya davlatlari rahbarlariga ham tabrik yo‘llamagan.
Putin sobiq davlat rahbarlari bo‘lgan siyosatchilarga ham o‘z tabriklarini jo‘natgan. Bunday siyosatchilar qatorida Bill Klinton, Jak Shirak, Viktor Yanukovich, Viktor Yushchenko, Leonid Kuchma, Toni Bler, Xu Tszintao, Luli da Silva va Husni Muborak kabi siyosatchilar nomi yo‘q.