Jahon | 10:37 / 30.12.2015
4414
2 daqiqa o‘qiladi

Roskomnadzor: DAISh bizga G‘arb matbuotidan keldi

Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi nazorat federal xizmati (Roskomnadzor) rahbari Aleksandr Jarov Gazeta.ru saytiga bergan intervyusida IShID va DAISh qisqartmalarining o‘rtasidagi farqni sharhlab o‘tdi, shuningdek, nega matbuotda DAIShni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lishini tushuntirdi.

“Je suis Charlie shiori singari, DAISh nomi ham bizga G‘arb matbuotidan kirib keldi. O‘ylashimcha, bu ajoyib yechimdir. IShID abbreviaturasi ichida ikkita muammoli so‘z bor: “islom” va “davlat”. Vaholanki an'anaviy islom insonlarni yoppasiga qirg‘in qilishga chaqirmaydi, u terrorchilik dini emas. Ikkinchi so‘z – “davlat”. Ya'ni xalqaro xalifat qurmoqchi. DAISh atamasidan esa “islom” va “davlat” atamalari yo‘q bo‘ladi, va targ‘ibot mantrasining ta'siri o‘zgaradi”, - dedi u.

Nega OAVda doimiy ravishda bu guruhning man qilingani tilga olinishi kerakligini izohlar ekan, amaldor mazkur choraning samarasini “ajoyib grafinya de la Fer” misolida ko‘rib chiqdi.

“Grafinya de la Fer, uning o‘zi Vinter xonim, uning o‘zi Miledi, uning liliya guli shaklidagi tamg‘asi bor edi. U mazkur tamg‘ani hech kimga ko‘rsatmas edi, negaki uning aslzoda xonim emas, jinoyatchi ekanligini bilib qolishardi. Biz esa axboriy jamiyatda yashamoqdamiz. Bizning dushmanlarimiz ham mana shunday jamiyatda yashamoqda va ba'zan tarmoq marketingidan o‘z ideologiyasi targ‘iboti yo‘lida ustalik bilan foydalanadi”, - dedi Jarov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish