Jahon | 17:45 / 30.12.2015
5545
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Eronga S-300 tizimlarini yetkazib bera boshladi

Rossiya Eronga S-300 zenit-raketa tizimlarini yetkazib bera boshladi. Bu haqda Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Dmitriy Rogozin bayonot berdi.

“Bu shartnoma pullari to‘lanmoqda va amalga oshirila boshlangan. Bu shartnomadan so‘ng boshqalari ham bo‘ladi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Ilgari S-300ni Eronga yetkazib berish ishlari 2016 yilda boshlanishi xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish