Jamiyat | 20:37 / 30.12.2015
5482
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Suriyadagi samolyotlari ikki kun ichida 424 obektga zarba berdi

O‘tgan ikki kun ichida Rossiya harbiy-koinot kuchlarining samolyotlari Suriyada 121 ta jangovor parvoz amalga oshirib, mamlakatning 9 ta viloyatidagi jangarilarning 424 ta obektiga zarbalar berdi, deb ma'lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligining vakili general-mayor Igor Konashenkov.

Konashenkovning aytishicha, zarbalar Halab, Idlib, Lataqiya, Xama, Xoms, Damashq, Dara, Raqqa va Dayr-az-Zaur viloyatlaridagi obektlarga yo‘llangan.

Konashenkovning aytishicha, Mxin (Xoms viloyati) shahri atrofida Su-34 samolyoti IShIDning yirik bazasiga zarba bergan, oqibatda jangarilarga tegishli harbiy texnika joylashtirilgan angar, qurol-aslaha, o‘q-dori va terrorchilarning buyumlari saqlangan omborlar barbod bo‘lgan. Shuningdek, yirik kalibrli pulemyotlarga ega 5 ta avtomobil, bitta piyoda jangovor mashinasi va o‘q-dorilar ortilgan 4 ta yuk mashinasi yo‘q qilingan.

Shuargat-al-Arz tumanida (Halab viloyati) Su-25 samolyoti terrorchilarning tayanch punktini yakson qilgan. Bu yerda tank va og‘ir qurol o‘rnatilgan 3 ta avtomobil yo‘q qilingan.

Laxay tumanida (Xama viloyati) Su-25 shturmchi samolyoti 2 artilleriya quroli va yaqin atrofda joylashgan snaryadlar saqlangan dala omborini yo‘q qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish