Jahon | 09:29 / 31.12.2015
3135
1 daqiqa o‘qiladi

Air Canada aviakompaniyasi reysi yo‘lovchilari turbulentlik sababli jarohat oldilar

Shanxaydan Torontoga parvoz qilayotgan Air Canada aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchilari parvoz paytida turbulentlik paytida jarohat oldilar, deb xabar bermoqda CTV News.

Samolyot shu sababli Kanadaning Kalgari shahriga qo‘ngan. Aviakompaniya ba'zi yo‘lovchilar samolyotning turbulentlik hududiga tushishi paytida jarohat olganlarini va shifoxonaga yetkazilganlarini aytdi. Jarohatlanganlarning aniq soni ma'lum qilinmadi.

Telekanal jurnalisti ma'lumotlariga ko‘ra, aeroportdan kamida 6 kishi zambillarda olib chiqib ketilgan. Kalgari o‘t o‘chiruvchilari vakilining ma'lum qilishicha, 20 ga yaqin kishi bo‘yin va bel sohalaridan jarohat olgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida hammasi bo‘lib 332 yo‘lovchi va 19 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish