Jahon | 21:58 / 31.12.2015
4358
1 daqiqa o‘qiladi

Yenot qahvaxonadan ustalik bilan shirinlik o‘g‘irladi

Kanadadagi qahvaxonalardan biridagi shirinliklar turadigan joydan yento (kemiruvchi jonivor) shirinlikni ustalik bilan o‘g‘irladi. Torontodagi ushbu voqea videosi 29 dekabr kuni YouTube saytiga joylashtirildi. Bu haqda CBC xabar bermoqda.

CBC’ning ma'lum qilishicha, video muallifi Piter Jyensen hisoblanadi. Videoda ko‘rinishicha, yenot shiftdagi teshikchadan chiqib keladi. Jonivor shoshilmasdan, shirinliklarning eng yaxshisini tanlaydi. O‘ljasini qo‘lga kiritgan yenot, muvaffaqiyatli yashirinishga ulguradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish