Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» safarda «Sanderlend»ni yengib, 3 pog‘ona yuqoriladi
Angliya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan "Sanderlend" – "Liverpul" uchrashuvi mehmonlarning kichik ustunligi bilan yakunlandi.
O‘yida mersisaydliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.
Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasidayoq Kristian Benteke tomonidan urilgan gol yakunda “Liverpul”ga ketma-ket ikkinchi g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, “Liverpul” hisobidagi ochkolar soni 30taga yetdi va jamoa 10 o‘rindan 7 o‘ringa yuqoriladi. “Sanderlend” esa ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatdan keyin 12 ochko bilan turnir jadvalining quyi qismida (19-o‘rin) qolmoqda.
Angliya chempionati, 19-tur
"Sanderlend" – "Liverpul" 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 46 Benteke.
"Sanderlend" – Mannone, Koates (Yyedlin, 72), Braun, van Anxolt, Jons, Roduell (Uotmor, 30), Kettermoul, Mvila, Jonson (Lens, 63), Defo, Borini.
"Liverpul" – Minole, Klayn, Sako, Lovren, Moreno, Xenderson (Leyva, 61), Jan, Koutino (Ayb, 83), Lallana, Firmino (Ture, 90), Benteke.
Ogohlantirishlar: Benteke (19), Jan (58), Moreno (77), Lens (86).