Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek olimlari boy bo‘lmagan ma'danlardan metall zarrachalarini quruq ajratib olish usulini ixtiro qilishdi
"KOMPOZIT NANOTEXNOLOGIYASI" mas'uliyati cheklangan jamiyati olimlari balansdan tashqari va boy bo‘lmagan ma'danlardan metall zarrachalarini quruq ajratib olish usulini ixtiro qilishdi.
Mazkur ixtiro tog‘-kon qayta ishlash va metallurgiya sanoati, boy bo‘lmagan va balansdan tashqari ma'danlarni qayta ishlash sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Usulning vazifasi ma'danlardan asl metallar zarralarini atrof muhitni ifloslantiradigan katalizatorlarsiz ajratib olish imkonini beradigan, ekologik muammolarni yaratmaydigan usulni ishlab chiqish, texnologik sxemani soddalashtirish va yakuniy mahsulot tannarxini pasaytirishdan iborat.
Mualliflarga ushbu usul uchun № IAP 05112 raqamli patent berildi.