Jamiyat | 19:38 / 31.12.2015
9399
2 daqiqa o‘qiladi

Ularga muloqot uchun so‘zlar shart emas

Jonzotlar kimga ishonish mumkin-u, kimga  yo‘qligini juda yaxshi sezishadi. Bolalardagi ichki ezgulik, to‘g‘rilik va hatto qo‘rqmaslik kabi hislatlar mittivoylar hamda ularning to‘rt oyoqli do‘stlari o‘rtasidagi mehrga to‘la, mustahkam munosabatlar uchun zamin yaratadi. Bunday do‘stlik kamdan-kam uchraydigan - bir-birini tushunish xissi bilan ajralib turadi, ijodiy qadamlarga undaydi va o‘ziga jalb etadi.

XABARDOR.UZ ham mana shunday qadamlardan birini amalga oshirdi. Quyida jamlangan fotosuratlar insonga g‘ayrioddiy kayfiyat ulashishiga ishonchimiz komil.

Ushbu qizaloqning do‘stlari undan o‘n marta katta, ularning qalbida ham mana shunday ulkan ezgulik jam bo‘lgan.

Tabiat qo‘ynida yana nima bilan mashg‘ul bo‘lish mumkin?

Sukunat ichra oydin tun hukmron... Jim!

Uning panjalarida doimo issiq.

Ko‘p ma'noga ega bo‘lgan tanishuv.

Ikkalamiz birga bo‘lsak, har qanday ish qiziqarli bo‘ladi. Hatto senga yordamga shoshilmasalar ham.

Bir-birlarini uchratib qolishdi va o‘shandan beri ajralishmadi

Ikkita bosh bittasiga qaraganda yaxshiligi aniq!

Bir to‘shakda bir xil tushlar ko‘ramiz

Mittivoylar doim birga bo‘lishlari kerak!

Yovvoyi tabiat ba'zida yumshoq va momiqqa aylanadi.

Taq-taq. Uychada kim yashaydi?

Biz sen bilan qondoshmiz!

Do‘sting sovqotib qolmasligidan boxabar bo‘lib turish – haqiqiy g‘amxo‘rlik!

Hech qachon kim sening haqiqiy do‘sting bo‘lishini oldindan bilmaysan. Balki buning o‘zi bir mo‘'jizadir?

Manba: Xabardor.uz