Jahon | 09:38 / 01.01.2016
3977
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritishni ortga qoldirildi

AQSh ma'muriyati Eronga nisbatan uning ballistik raketalarni ishlab chiqish dasturi bo‘yicha yangi sanksiyalar kiritishni ortga qoldirdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri ma'lum qildi. 

Amaldorlarning aytishicha, Barak Obama ma'muriyati Eronning raketa dasturiga qarshi kurashish istagida va AQSh moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan sanksiyalar dolzarbligicha qoladi. Shuningdek, bunday choralarning kiritilishi Eron va jahonning yetakchi davlatlari o‘rtasida 2015 yilning iyulida erishilgan yadroviy kelishuvga ko‘ra qonuniy bo‘lardi.  

Oq uy 31 dekabrda Kongressga moliya vazirligi Eronning ballistik raketalarining ishlab chiqilishi dasturining amalga oshishida ko‘mak berayotgan Eron, Gonkong va BAAning deyarli o‘nlab kompaniyalari va shaxslariga nisbatan yangi sanksiyalar e'lon qilishi haqidagi bildirishnomani yuborgan.

Biroq Oq uy shu kunning o‘zida ikkinchi maktubni yuborib, unda sanksiyalar kiritilishi e'lon qilinishi “bir necha soatga qoldirilishi” haqida aytgan. Kechki payt esa Oq uy hech qanday tafsilotlarni keltirmagan holda sanksiyalar umuman ortga qoldirilganini aytgan.

Obama ma'muriyati vakillari AQSh agar Eron yadroviy dasturining muhim tashkil etuvchilarini to‘xtatsa, yadroviy kelishuvni amalga oshirishni yanvardayoq boshlashi mumkinligini aytgandilar. Kelishuv doirasida AQSh Eronning xorijiy banklardagi 100 mlrd dollarga yaqin muzlatib qo‘yilgan pulini “eritishni” mo‘ljallagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish