Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
El-Nenni «Arsenal»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
Shveytsariyaning “Bazel” klubi yarim himoyachisi Muxammad El-Nenni Londonning “Arsenal” jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqda The Guardian ma'lumot tarqatdi.
Endi misrlik bu futbolchi Angliyada ishlash huquqini qo‘lga kiritishi zarur. El-Nennining transferi 10 million yevroga baholanmoqda.
23 yoshli futbolchi jiddiy jarohat orttirib olgan Fransis Koklenning o‘rinbosari bo‘lishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda El-Nenni Shveytsariya chempionatining 16ta o‘yinida maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qilgan.
"Arsenal"ning qishki transferlar vaqtida sotib oladigan ilk futbolchisi haqida ma'lum qilindi