Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Enrike Denis Suaresning emas, Nolitoning transferini istamoqda
"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike "Selta"dagi sobiq shogirdi Nolitoning hozirgi jamoasiga olib kelinishini istamoqda. Bu haqda Sport nashri xabar tarqatgan.
Manbaning yozishicha, "ko‘k-anorranglilar" ustozi "Vilyarreal"dan Denis Suaresni xarid qilish haqidagi rejaga qarshiligini bildirgan va undan ko‘ra Nolitoni transfer qilish talabi bilan chiqqan.
Oxirgi vaqtlarda matbuotda Nolitoning qishki transferlar vaqtida kataloniyalar safini to‘ldirishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Lekin, rahbariyat bu futbolchini transfer qilishga "Barselona"ning moliyaviy byudjyeti yo‘l qo‘ymasligini ta'kidlab kelmoqda.
"Selta" o‘zining asosiy futbolchisi uchun 18 mln yevro talab qilmoqda. "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu buncha miqdordagi mablag‘ sarflash niyatida emasligini aytgan. Lekin, rahbariyat Nolitoning o‘rniga u uchun talab qilingan mablag‘ning bir qismi va boshqa bir futbolchisini qo‘shib berish variantini ko‘rib chiqayotgani aytilgan.
Ma'lumot uchun, 29 yoshli yarim himoyachi Nolito joriy mavsumning birinchi davrasida "Selta" safida 15ta o‘yin o‘tkazdi va 8ta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.