Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Petr Chex: Messini yana to‘xtatib qolmoqchiman
“Arsenal” jamoasi darvozaboni Petr Chex Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final uchrashuvlari doirasida Kataloniyaning “Barselona” klubi bilan uchrashuvda raqibning asosiy hujumchisi Lionel Messi bilan yuz beradigan navbatdagi to‘qnashuvi haqida aytib o‘tdi.
Joriy mavsumdan “kanonirlar” a'zosiga aylangan bu tajribali darvozabon “Arsenal”da bu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun barcha imkoniyat mavjudligini ham aytib o‘tgan.
“Bu ajoyib. Har kim ham Messiga qarshi sakkiz marta o‘ynab, bironta gol o‘tkazib yubormaganman deya olmaydi.
Men yana Messini to‘xtatmoqchiman, ammo Messi gol ursa ham, “Arsenal“ keyingi bosqichga chiqsa, men bu borada xavotir olmayman.
Biz keyingi bosqichga chiqa olishmizga ishonishimiz kerak“, — degan Chex.