Jahon | 21:51 / 01.01.2016
7359
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Ukrainadan yuklarning Rossiya orqali Qozog‘istonga tranzit qilinishi haqidagi farmonni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadan Qozog‘istonga yuklarni Rossiya orqali tranzit yetkazilishida Rossiyaning milliy manfaatlari va iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash haqidagi farmonni imzoladi.

“Rossiya orqali Ukrainadan Qozog‘istonga yuklarni xalqaro tranzit temir yo‘l va avtomobil tashishlar yuk bo‘lishi mumkin bo‘lgan, transport vositalari va temir yo‘l yuk tarkibining yuk bo‘linmalari, idishlari va boshqa joylariga identifikatsiya (tamg‘a) vositalari, jumladan GLONASS global navigatsion yo‘ldoshli tizimi texnologiyalari asosida ishlovchi vositalari qo‘llangan holda Belarus hududidan amalga oshiriladi”, deyilmoqda farmon matnida.

Tamg‘alar Rossiyaga kirishda qo‘yiladi, haydovchilar hisobga olish talonini olishlari shart. Haydovchi tomonidan identifikatsiya vositalarini yechish va qo‘llash tartibining buzilishi holatida hisobga olish talonlari haqiqiy emas deb topiladi.

Farmon 2016 yil 1 yanvardan kuchga kiradi va 1 iyuldan amal qilishni boshlaydi. Ushbu hujjat 2016 yil 1 yanvardan Ukraina bilan Erkin savdo hududi haqidagi shartnomaning amal qilishi to‘xtatilishi bilan bog‘liq holda imzolangan.

Ukraina bilan Erkin savdo hududi haqidagi shartnoma bojsiz savdo tartibi, mahsulotlar almashish shartlarini erkinlashtirish, tashishlarni kelishishni ko‘zda tutgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish