Jahon | 00:02 / 01.01.2016
7052
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy ikkinchi aviatashuvchi qurayotganini ma'lum qildi

XXR mudofaa vazirligi mamlakat harbiy-dengiz kuchlari uchun ikkinchi aviatashuvchi krayzer qurayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Xitoy qurolli kuchlari vakili Yan Yuytszyun vakili ma'lumotiga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

«Barchaga ma'lumki XXR harbiy-dengiz kuchlariga taalluqli birinchi aviatashuvchi "Lyaonin" deb nomlanadi. Barcha tomonlar nazardan chetda qoldirmagan holda ikkinchi aviatashuvchining loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Ayni damda uni qurish va loyihasini mukammallashtirish ishlari davom etmoqda», — dedi u.

Ma'lumot uchun, Xitoydagi yagona aviatashuvchi krayzer 2012 yilning sentabr oyida rasmiy qabul qilingan edi. Unga «Lyaonin» deb nom berishgan. Uning og‘irligi 53 ming tonna, uzunligi 304,5 metr, eni esa 75 metrni tashkil etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish