Jahon | 14:32 / 02.01.2016
4608
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda 59 kishi tolibonlar qo‘lidan ozod qilindi

Afg‘oniston harbiylari maxsus amaliyot natijasida mamlakatning janubidagi G‘ilmon viloyatida garovdagi 59 kishini asirlikdan ozod qildi. Bu haqda Khaama Press axborot agentligi xabar tarqatdi.

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, Nahr-Saroj tumanidagi "Tolibon" tashkilotiga tegishli qamoqxonadan 59 kishi ozod qilingan. Ayni vaqtda ozod qilinganlar shu hududdagi 2ta bazaga olib kelingan.

Ularning ozod etilgani to‘g‘risidagi ma'lumot Afg‘oniston IIV rahbari o‘rinbosari Ayub Salangi tomonidan tasdiqlangan.

"Maxsus kuchlar G‘ilmondagi Nahr-Saroj tumanidagi tolibonlar qamoqxonasidan 59 kishini qutqarishdi", degan u.