Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda yuz bergan navbatdagi suv toshqinlari qurbonlari soni 22 nafarga yetdi
AQShning Missuri va Illinoys shtatlari hududida suv toshqinlari tufayli 22 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Assoshieyted Press agentligi xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, Missurida 15, Illinoysda 7 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, 1 yanvar kunidan boshlab Sent-Luis okrugida 1 hafta muddatga favqulodda vaziyat joriy qilingan.
Meramek daryosida suv sathi pasaygani va bu bir qancha yo‘llarni harakatlanish uchun ochishga imkon berishini aytishgan.
So‘nggi kunlarda AQShning bir qator shtatlari turli tabiiy ofatlarga duch kelmoqda. O‘tgan haftada Texasda kuchli suv toshqinlari yuz berib, kamida 10 kishi bu tabiiy ofatlar qurboniga aylangandi.
Shuningdek, Alabama, Mississippi, Tennessi va Arkanzas shtatlarida tabiiy ofat qurbonlari qayd etilgan.
Turli manbalarda keyingi haftada ro‘y bergan tabiiy ofatlar tufayli qurbon bo‘lganlarning jami miqdori 50 nafarga yaqinlashgani aytilmoqda.