Jahon | 18:26 / 02.01.2016
4167
2 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya prezidenti Tsiprasga tez orada galstuk taqa boshlashi mumkinligini eslatib qo‘ydi

Gretsiya prezidenti Propokopis Pavlopulos mamlakat bosh vaziri Aleksis Tsipras bilan suhbat qurib, 2016 yilda iqtisodiy ahvol o‘nglanishiga bo‘lgan umidlarini bildirib o‘tdi. Afina axborot agentligi xabariga ko‘ra vazir mamlakatning qarzlari uzilganidan keyin o‘z va'dasini bajarishi kerak bo‘ladi.

"Biz bu yilda memorandum doirasidan chiqamiz va sen galstuk taqa boshlaysan", deydi u. Tsipras bunga javoban "planka baland qo‘yilgani"ni aytgan.

Qayd etish kerakki, Tsipras namoyishkorona tarzda galstukdan voz kechgan. U faqatgina bir shart evaziga, rasmiy Afina o‘z qarzlaridan uzilganidan keyingina galstuk taqishgan rozi bo‘lishini bildirgan.

May oyida Riga shahrida o‘tkazilgan "Sharqiy hamkorlik" sammiti vaqtida Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker unga hazilomuz tarzda o‘z galstugini taklif etgandi.

O‘tgan yilning oktabr oyida Yevroparlament Gretsiyaga 2020 yilgacha 35 mlrd yevro ajratilishini ma'qullagandi.

2015 yilning 6 dekabr kunida Gretsiya parlamenti 2016 yil uchun moliya byudjyetini tasdiqlagan, unda bir qator qisqartirishlar va soliqlar oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish