Jamiyat | 08:13 / 02.01.2016
2737
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemalada qamoqxonadagi tartibsizlik tufayli 8 kishi halok bo‘ldi

Gvatemaladagi qamoqxona mahbuslarining isyon ko‘tarishi tufayli tartibsizliklar vaqtida mahbuslardan 8 nafari halok bo‘lgan. Bu haqda Associated Press nashri xabar bergan.

Xabar qilinishicha, bu hodisa Puerto-Barrio shahridagi qamoqxonada nazoratchilar qochib ketmoqchi bo‘lgan mahbuslar guruhini payqab qolishganidan so‘ng sodir bo‘lgan.

Qamoqxona nazoratchilari internetga qamoqxona devorlarida mahbuslar tomonidan qochish maqsadida yuzaga keltirilgan tirqishlar suratlarini joylashtirishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish