Sport | 16:33 / 02.01.2016
4103
1 daqiqa o‘qiladi

Mino Rayola: Zlatan erkin agent sifatida Angliya jamoalaridan biriga bormoqchi

"PSJ" jamoasining shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrohimovichning agenti Mino Rayola o‘z mijozi APLda o‘ynashi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

"Men ham uni Angliya premer-ligasida ko‘rishni istayman. O‘ylaymanki APL uning uchun juda mos. Zlatan o‘z kuchini Angliyadagi futbol muhitida namoyon eta oladi.

Hozir vaziyat biroz boshqacharoq. U erkin agent sifatida APL jamoalaridan biriga yo‘l olishi mumkin.

Bizga uni o‘z tarkibida ko‘rishni istagan ko‘plab jamoalardan takliflar bor. Lekin u bu takliflar bo‘yicha qaror qabul qilmayapti. Uni taklif etadigan ingliz jamoasi uni osonlik bilan qo‘lga kiritishi mumkin.

Yakunda nima bo‘lishi haqida aniq ayta olmayman. U mavsum oxirigacha Parijda qolib, yozda boshqa jamoaga o‘tishi mumkin", deydi Rayola Sky Sports efiri orqali.