Sport | 15:13 / 02.01.2016
2745
2 daqiqa o‘qiladi

Raneri: "Lester"ning ikkinchi davradagi maqsadi - 40 ochko to‘plash

"Lester" jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoaning APL ikkinchi davrasidagi maqsadlarini aytib o‘tdi.

"Ikkinchi davrada ham muvaffaqiyatli o‘ynashga harakat qilamiz. Mavsumning birinchi yarmida 39 ochko to‘pladik. Shuning uchun ikkinchi davrada bir ochko ko‘proq, ya'ni 40 ochko jamg‘arishga urinib ko‘ramiz. Agar maqsadimizga erishsak bundan juda xursand bo‘laman.

Mavsum boshida biz Premer-ligada jon saqlash haqida gapirgandik. Endi esa barqaror o‘yin ko‘rsatishda davom etish haqida o‘ylayapmiz.

Siz "APL chempionligi haqida o‘ylash vaqti kelgani" haqida aytishingiz mumkin. Ammo biz har bir o‘yindan keyin faqat oldindagi o‘yinda natija ko‘rsatish haqida o‘ylaymiz. Boshqa jamoalar o‘z oldiga mavsum oldidan chempionlik vazifasini qo‘ygan bo‘lishlari mumkin.

Biz esa peshqadamlikni saqlash va mavsumni yuqori pog‘onalarda yakunlash haqida o‘ylaymiz. Bizning falsafamiz shunday", - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Lester" birinchi davra o‘yinlaridan keyin 39 ochko to‘plagan holda faqat to‘plar nisbati bo‘yicha turnir peshqadami "Arsenal"dan keyingi ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish