Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashida a'zolik qilishni boshladi
Ukraina 2016 yil 1 yanvardan BMT Xavfsizlik kengashining rasman doimiy bo‘lmagan a'zosi bo‘ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma'lum qildi.
“Bugundan Ukrainaning BMT XKda a'zoligi boshlanadi. Biz tinchlik va adolatning bahosini bilamiz! Oldinda dunyoning xavfsizligi uchun 2 yillik alohida javobgarlik bor. Ukraina uni sharaf bilan o‘taydi”, deb aytdi Poroshenko.
Ma'lum qilinishicha, Ukraina 2015 yil 15 oktabrdagi yashirin ovoz berishda ikki yilga kengashning doimiy bo‘lmagan a'zosi sifatida qabul qilingan. Bu qarorga 129 ta yetarli ovoz shartida 177 ta davlat ovoz bergan.
Ukrainaning BMTdagi vakili Vladimir Yelchenko bo‘ladi.
Ukraina bilan birga 1 yanvardan BMT XK stoli atrofidan Misr, Senegal, Urugvay va Yaponiya joy oladi.
BMT Xavfsizlik kengashi BMTning asosiy organi bo‘lib, tashkilot nizomiga ko‘ra unga dunyoda tinchlik va xalqaro xavfsizlikni ta'minlash javobgarligi yuklangan. Xavfsizlik kengashi 15 a'zodan tashkil topgan.
Kengashda 5 ta davlat (Rossiya, Xitoy, Birlashgan Qirollik, AQSh va Fransiya) doimiy asosda taqdim qilingan, qolgan 10 a'zo har yili ikki yillik muddatga saylanadi. Kengashning har bir a'zosi unda navbati bilan bir oydan alifbo tartibida raislik qiladi.