Sport | 00:32 / 03.01.2016
4569
1 daqiqa o‘qiladi

“Barselona” mavsumda birinchi marta Primera uchrashuvida gol ura olmadi

“Barselona” Ispaniya chempionatining 18-turida “Espanol” bilan 0:0 hisobida durang natija qayd qildi.

Jamoa joriy mavsumda birinchi marta Primera uchrashuvida raqib jamoa darvozasiga to‘p kirita olmadi.

Oxirgi marta Luis Enrike jamoasi 2015 yilning 28 oktabrida Ispaniya Kubogida “Vilyanovense” jamoasiga qarshi uchrashuvda (0:0) maydonni golsiz tark etgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish