Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015 yilda eng qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ygan filmlar
"Forsaj 7" kartinasi ushbu ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. Moviemistakes.com internet sayti Jyeyms Vanning ushbu filmidan 40 ta xato topgan.
Filmdagi xatolar birinchi sahnadanoq ko‘rinadi: Jyeyson Steytem qahramoni borgan kasalxona Londonda joylashgan bo‘ladi, ammo tashqarida "Birmingem" degan yozuvni uchratish mumkin.
Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida "Yura davri xiyoboni" (33 ta xato), "Marslik" (18), "Telba Maks: G‘azab yo‘li" (17), "007: Spektr" (14), "Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi" (13), "Odam-chumoli" (13), "Terminator: Genezis" (10), "Kumushning ellik soyasi" (7) kinokartinalari bormoqda.
Internet sayt versiyasi bo‘yicha kino olamida eng ko‘p xatolikka yo‘l qo‘yilgan filmlar ro‘yxatida “Qiyomat bugun” filmi bormoqda (561 ta xato). Undan keyingi o‘rinlarda "Qushlar" (546 ta xato) va "Oz sehrli diyor” (420) bormoqda.