Sport | 20:30 / 03.01.2016
10247
2 daqiqa o‘qiladi

"Chelsi" 2016 yilni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

3 yanvar kuni Londonning ikki jamoasi "Kristal Pelas" va "Chelsi" o‘rtasida APLning 20 turi doirasida derbi bahsi o‘tkazildi.

O‘yinda "Chelsi" to‘la ustunlik qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qildi.

O‘yinning 15 daqiqasida "Chelsi"ning asosiy o‘yinchilaridan biri Eden Azar jarohat olib o‘yinni davom ettira olmaydigan bo‘ldi va uning o‘rniga maydonga Pedro Rodriges tushirildi.

O‘yinning 29 daqiqasida Oskar hisobni ochdi.

Ikkinchi taymda esa Villian va Diyego Kosta tomonidan urilgan gollar hisobni 0:3 ko‘rinishiga keltirdi.

Endilikda, "Chelsi" hisobidagi ochkolar sonini 23taga yetkazib, 14 o‘ringa ko‘tarildi. "Kristal Pelas" esa 31 ochko bilan yettinchi o‘rinda qoldi.

Kristal Pelas – Chelsi 0:3

Gollar: 0:1 – 29 Oskar, 0:2 – 60 Villian, 0:3 – 66 Diyego Kosta.
Kristal Pelas – Xennessi, Denn, Uord, Dileyni, Suare, Zaa, Makartur, Yedinak (Ledli, 67), Li Chun Yun (Uilyams, 80), Panchon, Kempbell (Shamax, 67).
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Ivanovich, Terri, Zuma, Azar (Pedro, 16), Fabregas, Villian, Obi Mikel, Oskar (Matich, 88), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Dileyni (13), Yedinak (57), Denn (80).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish