Jahon | 12:12 / 03.01.2016
14405
2 daqiqa o‘qiladi

Eron diniy rahnamosi Saudiya Arabistoni "ilohiy qasos"ga yo‘liqishini aytdi

Eron diniy rahmamosi oyatullo Ali Xamanei Saudiya Arabistoni hukumati shialar yetakchisini qatl etgani uchun "ilohiy qasos"ga yo‘liqishini aytib o‘tdi.

"Bu sitamgarning qoni adolatsiz ravishda to‘kildi va endi shubha yo‘qqi Saudiya Arabistonini ilohiy jazo kutmoqda", deydi u.

Uning aytishicha, bu qatl "siyosiy terror" hisoblanadi.

Bundan oldinroq, BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Saudiya Arabistonida 47 kishining qatl etilishini qoralab chiqqandi.

Ko‘p vaqt o‘tmasdan Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga eronlik namoyishchilar hujum qilishdi.

Saudiya Arabistonida 47 kishi terrorizmda ayblanib, qatl etildi

Suriyalik vazir Saudiya Arabistonida 47 kishining qatl etilishini qoralab chiqdi

Bahraynda an-Nimrning qatliga norozilik bildirib chiqqanlarga ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llandi

Iroq bosh vaziri Saudiyada shialar rahnamosi qatl etilganini qoraladi

Yaqin Sharqdagi siyosiy yetakchilar Saudiya Arabistonidagi qatl marosimini qoralamoqda

Mogerini: shialar xatibining qatl etilishi «xavfli oqibatlar»ga olib kelishi mumkin