Jahon | 12:04 / 03.01.2016
6094
1 daqiqa o‘qiladi

Mogerini: shialar xatibining qatl etilishi «xavfli oqibatlar»ga olib kelishi mumkin

Yevroittifoqning tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Federik Mogerinining fikricha Saudiya Arabistonida shialarning xatibi Namr al Namrning qatl etilishi sunniylar va shialar o‘rtasida «xavfli oqibatlar»ga olib kelishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Bu hodisa sunniylar va shialar o‘rtasidagi ziddiyatni oshirishi, bu esa, o‘z navbatida, xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu ziddiyat vaqtida mintaqada ko‘p yomonliklar olib kelgan», — dedi u.
Bundan tashqari, Mogerinining aytishicha, xatibning qatl etilishi, Saudiya Arabistonida fuqarolik va siyosiy erkinlikning chegaralanganligidan dalolat beradi.