Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Eronning yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv shartlarini bajarishini kutmoqda
Qo‘shma shtatlarda Eronning "kelgusi haftalarda" o‘z zimmasidagi bir qator shartlarni bajarishini kutishmoqda. Eronliklarga 2015 yilning iyulida "oltilik" (BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zolari va Germaniya) va rasmiy Tehron o‘rtasida tuzilgan kelishuv shartlari eslatilgan. Bu haqda Barak Obamaning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Ben Rods jurnalistlarga ma'lum qilgan.
"Men eronliklar keyingi haftada kelishuv shartlarini bajarish bo‘yicha ishlarni yakunlashini taxmin qilayapman", degan u Gavayida o‘tkazilgan brifingda.
Eron va xalqaro vositachilar "oltiligi" 14 iyulga o‘tar kechasi Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Unga ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashi, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishi evaziga Eron tomoni o‘z yadroviy dasturi faqat tinchlik maqsadlariga yo‘naltirilganini isbotlab berishi kerak.
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritishi mumkin
AQSh yanvardayoq Erondan bir qator sanksiyalarni bekor qilishi mumkin
AQShda Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritishni ortga qoldirildi
Eron AQShning ehtimoliy sanksiyalariga javoban 5000 km dan uzoqroqqa uchadigan raketa yaratadi