Jahon | 09:12 / 03.01.2016
5020
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Erondan Tehrondagi elchixonasi xavfsizligini ta'minlashni talab qildi

Saudiya Arabistoni Eron hukumatiga Tehrondagi o‘z elchixonasi xavfsizligini ta'minlash talabi bilan murojaat qildi. Bu haqda Al Arabiya telekanalida ma'lum qilingan.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni Eronning Ar-Riyoddagi elchisini "Tehronning Saudiyani terrorizmni qo‘llashda ayblash" bilan bog‘liq bayonotiga izoh so‘rash uchun chaqirtirgan.

Saudiya Arabistoni IIV 2 yanvar kuni terrorchilikda va uni rag‘batlantirishda ayblangan 47 kishiga nisbatan chiqarilgan hukm ijro etilgani haqida ma'lum qilgandi. Qatl etilganlar orasida mamlakatdagi shialar rahmnamosi Nimr an-Nimr ham bo‘lgan.

Eron TIV ham saudiyaliklarning Tehrondagi elchisini Nimr an-Nimrning qatliga izoh so‘rash uchun chaqirtirgan.

Bundan oldinroq, Eronda bu voqealarga norozilik namoyishlari o‘tkazilgani haqida xabar qilingandi.