Jahon | 09:50 / 03.01.2016
4047
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Eronni terrorizmni rag‘batlantirishda aybladi

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Eronni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda va mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarishga harakat qilishda aybladi. Bu haqda Daily Mail xabar qilgan.

"Eron o‘zi terrorizmni qo‘llab-quvvatlab, o‘z aybini boshqalarga yuklaydigan dunyodagi yagona davlat. Eron hukumati BMT va boshqa davlatlar tomonidan qoralangan tashkilotlarga homiylik qilishda davom etmoqda", deydi u.

U shuningdek, Eron hukumatini yuzsizlikda va inson huquqlari sharmandalarcha buzishda ayblagan.

Bundan oldinroq, AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistonida shialar yetakchisining qatl etilishi mintaqadagi vaziyatga salbiy ta'sir qilishi mumkinligidan xavotirlanayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish