Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyalik vazir Saudiya Arabistonida 47 kishining qatl etilishini qoralab chiqdi
Suriya Axborot vaziri Omran Zoubi Saudiya Arabistonida 47 kishining qatl qilinganiga munosabat bildirdi. U saudiyaliklar shialarning yetakchisi Nimr an-Nimrni o‘ldirishini qoralagan.
Zoubi bu qatl qilishlarni "davlatning o‘z xalqini qirg‘in qilishi" deb baholagan.
2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi terrorizm bilan shug‘ullanganlik va uni rag‘batlantirishda ayblangan 47 kishiga chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etilgani haqida e'lon qildi. Qatlga buyurilganlar orasida "Al-Qoida" tashkilotining Saudiya Arabistonidagi bo‘limi yetakchisi Faris az-Zaxrani hamda shialar yo‘lboshchisi Nimr an-Nimr nomlari bor.
Nimr an-Nimr 2012 yilda mamlakat sharqida o‘tkazilgan namoyishlar vaqtida hibs qilingandi. 2014 yilda u bozorga o‘t qo‘ydirish, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga uyushtirilgan hujumlarni tashkil etish va qirolning buyrug‘iga itoat etmaslikda ayblanib, o‘limga mahkum qilingandi.
Saudiya Arabistonida 47 kishi terrorizmda ayblanib, qatl etildi
Eron imomning qatl etilishi sababli Saudiya Arabistoniga noroziligini bildirdi
Tehronda namoyishchilar Saudiya Arabistoni elchixonasi binosini yoqib yuborishdi
BMT bosh kotibi Saudiya Arabistonida 47 kishining qatl etilishini qoraladi