Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg o‘z uyi uchun sun'iy ong yaratadi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg 2016 yilda o‘zining uyi uchun sun'iy ong yaratish rejalarini oshkor qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar qildi.
“2016 yilda men uchun shaxsiy sinov uyimni boshqaradigan hamda ishimda yordam beradigan oddiy sun'iy ong yaratish bo‘ladi, - deyiladi xabarnomada. – Bu “Temir odam”dagi Jarvis kabi bir narsa bo‘lishini taxmin qilish mumkin”.
Uning so‘zlariga qaraganda, dastlab hozirlikda mavjud bo‘lgan yaratiqlar bilan tajriba qilib ko‘riladi, so‘ng robotga Tsukerbergning ovozini tushunish o‘rgatiladi. Keyin esa mashina milliarderning do‘stlarini tanib, ularni ostona skanerdan o‘tkazish yo‘li bilan uyga kirita boshlaydi.