Jahon | 23:15 / 04.01.2016
5352
1 daqiqa o‘qiladi

Yerevanda sakkizinchi qavatdan tushib ketgan qiz tirik qoldi

Armaniston poytaxtida yashovchi qiz baland turar-joy binosining sakkizinchi qavatidan tushib ketib, tirik qoldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Voqea 3 yanvar, yakshanba oqshomida yuz bergan. Mahalliy favqulodda xizmat bo‘limiga qo‘ng‘iroq bo‘lib, Viktor Ambartsumyan ko‘chasidagi, 47 uy tagida bir qiz yotgani aytiladi.

«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli Ani Ayrapetyan tepadan tushib ketgan va qor uyumiga kelib tushgan. Shu bois uning joni omon qolgan», — deyiladi ma'lumotda.

Qizni Yerevandagi «Mxitar Geratsi» kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizishgan.