Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:00 / 04.01.2016
4759
1 daqiqa o‘qiladi
Hindiston va Myanma chegarasida 6,8 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Hindiston va Myanma chegarasida 6,8 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati saytida ma'lum qilingan.
Yer osti silkinishlari Toshkent vaqti bilan 4.05 da qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Hindistonning Manipur shtati, Impxal shahridan 33 km shimoli-g‘arbda joylashgan.
Uning o‘chog‘i 35 km chuqurlikdagi yer ostida joylashgan.
Halok bo‘lganlar, jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar hozircha yo‘q.