Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID jangarilari Liviyadagi neft eksport qilinuvchi eng yirik portlardan biriga hujum qildi
Liviyaning As-Sidr shahridagi portda IShID jangarilari bilan soqchilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu port mamlakatdagi neft eksport qilinuvchi eng yirik portlardan biri hisoblanadi. Bu haqda guvohlarga asoslanib, Reyter agentligi xabar bergan.
Agentlik xabarida aytilishicha, 2015 yilning oktabrida ham IShID jangarilari bu portga hujum uyushtirishgan va hududda avtomobil portlatilgandi.
Bu hujum haqidagi xabar Liviya hukumati tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
Hujum talofatlari haqida ham ma'lumot berilmagan.
Bundan oldinroq, Liviya IShID muammosini o‘zi mustaqil hal qilmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.