Jahon | 10:24 / 04.01.2016
11463
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: IShID Buyuk Britaniyaning 5 josusini o‘ldirib, Kemeronga tahdid qilingan videosini e'lon qildi

IShID jangarilari 5 nafar britaniyalik qatl qilinishi jarayoni tasvirlangan videoni internetga joylashtirdi va bu bilan Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronga tahdid qildi. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatmoqda.

Videoda to‘q sariq rangli kiyimdagi cho‘kkalab turgan va qo‘li orqaga bog‘langan 5 kishi tasvirga olingan. Bu kishilar britaniyaliklarning josusi sifatida qatl qilingan.

Unda shuningdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronga tahdidona so‘zlar aytilgan. Videomurojaatdagi gaplarni britancha talaffuzdagi jangari gapirgan. U vazirni "ahmoq" va "amerikaliklarning quli" deya atagan.

Bu videoyozuvning uzunligi haqida aniq ma'lumot yo‘q, norasmiy ma'lumotga ko‘ra 10 daqiqadan kam emas. Qirollik tomonidan bu xabarga munosabat ham bildirilmagan.

Bundan oldinroq, IShID rahbari Isroilga tahdid bilan murojaat qilgandi.