Jahon | 18:32 / 04.01.2016
4324
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha NATOdan o‘z hududiga harbiylarini joylashtirishni so‘radi

Polsha Tashqi ishlar vaziri Vitold Vashchikovskiy Germaniyaning Der Bild gazetasiga bergan interyusida o‘z mamlakati G‘arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlari kabi xavfsizlik maqomiga ega bo‘lishni istashi haqida aytib o‘tgan.

Vashchikovskiyning ta'kidlashicha, Polsha hududiga alyans harbiylarining kiritilishi bosqichi yetib kelgan.
"Polsha 16 yildan buyon NATO a'zosi hisoblanadi. Lekin bizning maqomimiz boshqa G‘arbiy Yevropa mamlakatlari maqomidan katta farq qilishi holati saqlanib qolmoqda. Biz NATOning askarlari kelishini va bu farq yo‘qolishini istaymiz", degan u.

Uning fikricha, Germaniya bir necha yildan buyon Polshaga askarlarini joylashtirishga urinmoqda. Vashchikovskiy Germaniya Polshadan nima istayotganini aniq bilishi kerakligini ta'kidlab o‘tgan.

Bundan oldinroq, YeI Polshaga OAV haqidagi qonun tufayli bosim o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Dekabr oyida Polsha o‘z hududida yadro quroli joylashtirilishini so‘rab, NATOga murojaat etishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, NATOga a'zo davlatlar orasida uch mamlakat — AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya yadro quroliga ega, biroq faqat AQSh alyansdagi ittifoqdoshlarga ushbu qurolni yetkazib beradi.

Vashington va Varshava AQSh og‘ir harbiy texnikalari bazasini joylashtirish haqidagi shartnomani imzoladi

Varshavadagi NATO sammiti ramzi qilich ushlagan suv parisi bo‘ladi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish