Jamiyat | 16:16 / 04.01.2016
6793
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston TIV O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegara masalasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini inkor qildi

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegara masalalariga oid muzokaralarning boshi berk ko‘chaga kirib qolgani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi. Bu haqda 24.kg agentligi tashqi siyosat mahkamasi ma'lumotiga asoslanib xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, jarayon yaqin kunlarda qayta yo‘lga qo‘yiladi. TIVning qayd etishiga ko‘ra, hech qaysi tomon yon bosishni istamayotgani sababli chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish murakkablashmoqda.

Vazirlikda mojarolarni kamaytirish uchun aylanib o‘tish yo‘llarini qurishga to‘g‘ri keladi. Biroq 2014 yilga qaraganda 2015 yilda qirg‘iz-o‘zbek va qirg‘iz-tojik chegaralarida keskinlik sezilarli darajada pasaygan. Mojarolar bor, biroq hududiy ahamiyatga ega.

“Biz uzoq tumanlar aholisi uchun sharoitlar yaratishimiz kerakki, ular kundalik turmushida mojaroli vaziyatlar bilan to‘qnashmasligi lozim”, - deya oydinlik kiritdi Qirg‘iziston TIV.