Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Saudiya Arabistoniga AQShning Eron bilan ixtilofga bo‘lgan munosabati qiziq emas
Saudiya Arabistoni Eronga keskin norozilik bildirdi va endilikda u bilan diplomatik aloqalarni uzmoqda. Bu haqda Reuters agentligi diplomatik davralardagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.
“Tehron yana va yana G‘arbga burun suqmoqda. Ular terrorchilikka homiylik qilishda, ballikstik raketalar uchirishda davom etmoqda, boshqalar esa qo‘l qovushtirib o‘tiribdi”, - deydi agentlikning suhbatdoshi.
“Eron bilan diplomatik aloqalarning to‘xtatilishi Oq Uyning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin, ammo Saudiya Arabistonini bu tashvishlantirmaydi”, - so‘zida davom etdi u.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Saudiya Arabistoni IIV 47 kishiga nisbatan o‘lim jazosining ijro etilgani borasida bayonot tarqatdi. Qatl qilinganlar sirasida shia ilohiyotchisi Nimron an-Nimr ham bor edi. Bu Eron va Saudiya o‘rtasidagi janjalni keltirib chiqardi.