Sport | 10:45 / 04.01.2016
3926
1 daqiqa o‘qiladi

Sami Xedira: Hozirgi Germaniya terma jamoasi Yevropa chempionatini yuta olmaydi

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Sami Xedira o‘zlariga qarshi raqiblar katta ishtiyoq bilan maydonga tusha boshlagani haqida gapirib o‘tdi.

"Ko‘p yillar davomida Germaniya har qanday turnirlarda eng kuchlilardan biri sifatida sanab kelindi. Hozir germaniyaliklarga bosim ortganini his qilmoqdaman.

Jahon chempionini yutish har qanday terma jamoa uchun ajoyib natija bo‘ladi. Shunday ekan har qanday raqib bizga qarshi katta ishtiyoq bilan maydonga tushib keladi.

Tan olish kerakki, bunday vaziyatda Germaniya terma jamoasi Yevro-2016 turnirini yuta olmaydi. Oxirgi vaqtlarda jamoaning o‘yinida ham pasayish kuzatilgan", deydi futbolchi.