Jahon | 23:02 / 04.01.2016
5849
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Eron bilan o‘zaro aviaqatnovlar to‘xtatilganini e'lon qildi

Saudiya Arabistoni Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi Erondan keluvchi va Eronga boruvchi barcha aviaqatnovlar to‘xtatilganini ma'lum qildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni milliy agentligi boshqarmasi xabar tarqatgan.

Boshqarmada shuningdek, bu yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar xarid qilishga ulgurgan yo‘lovchilarning zararlari qoplab berilishi haqida aytilgan.

Bundan oldinroq, Saudiya Arabistoni TIV Eron bilan o‘zaro aviaqatnovlarning to‘xtatilishi rejasi haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilganini e'lon qildi.

3 yanvar, yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzganligi bildirilgandi.

Mazkur qarorlarga Tehrondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida Saudiya Arabistoni elchixonasi vayron qilingani sabab bo‘lgan.