Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Server Jyeparov "Lokomotiv" yig‘inida ishtirok etadi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi 9-22 yanvar kunlari BAAning Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini tashkil etadi.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xorijiy yig‘inda "temiryo‘lchilar" safida O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Server Jyeparov ham qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, Jyeparovning Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyunday" klubi bilan tuzgan shartnomasi o‘z yakuniga yetgan.
Erkin agentga aylangan yarim himoyachi hozircha o‘ziga yangi jamoa topgani yo‘q.
Bundan oldinroq, u Avstraliya chempionatidagi jamoa safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.